Flavanoidlarning fizik-kimyoviy analizi
Ushbu tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Namangan Davlat Universitetida tayyorlangan «FLAVANOIDLARNING FIZIK-KIMYOVIY ANALIZI» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishidan iborat. Unda ko'kamaron o'simligining yer ustki qismi va gullaridan flavonoidlarni ajratib olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o'rganish va aniqlash ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqotda flavonoidlarning klassifikatsiyasi, xromotografik tahlili, optik va YaMR spektroskopiyasi, xromotamass spektroskopiyasi kabi usullar bilan analiz qilingan. Olingan moddalarni sifat reaksiyalari orqali aniqlash va ularni adabiyotlar bilan solishtirish ishlari ham bajarilgan. Natijalarda ko'kamaron o'simligining tarkibida aniqlangan moddalar va ularning miqdorlari keltirilgan.