Fourier transforms of the delta function on the surface
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi delta funksiyasining asosiy xossalarini, xususan, uning Furye almashtirishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda delta funksiyasining sirtlarda umumiy holati va uning Furye transformatsiyasi, shuningdek, chastota katta bo‘lganda Furye transformatsiyasining xarakteri o‘rganilgan. Asosiy urg‘u esa delta funksiyasining sirtlardagi Furye almashtirishlariga qaratilgan. Ishda delta funksiyasining umumiy holati va kompleks tekislikda analitik davomi keltirilgan. Shuningdek, muallif delta funksiyasi Furye almashtirishining jamlash ko‘rsatkichi uchun pastki chegarani aniqlaydi. Tadqiqotda delta funksiyasining ko'rsatilgan xossalari, darajalari va integrallari, delta funksiyasining sirtlardagi holati hamda Furye almashtirishlari ko‘rib chiqilgan.