O’zbek tilida frazeologizmlarning semantik tahlili
Ushbu ilmiy ish oʻzbek tilida frazeologizmlarning semantik tahlilini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda frazeologizmlarning paydo boʻlishi, shakllanishi, tasnifi, grammatik va semantik xususiyatlari, shuningdek, ularning nutqda qoʻllanilishi kabi masalalar atroflicha tahlil etilgan. Ilmiy ishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim va ilm-fan sohasidagi qarorlari hamda strategiyalariga tayangan holda, oʻzbek tili frazeologiyasini oʻrganishning dolzarb masalalariga toʻxtalib oʻtilgan. Tadqiqotda frazeologizmlarning turlari, ularning komponent tarkibi, grammatik xususiyatlari, semantik oʻzgarishlari, shuningdek, ularning nutqda ekspressiv va stilistik vosita sifatida qoʻllanishi atroflicha oʻrganilgan. Xususan, ot, feʼl, sifat komponentli frazeologizmlarning semantik xususiyatlari, ularning paradigmatik shakllari, shuningdek, ellipsis hodisasining frazeologizmlarga taʼsiri batafsil tahlil etilgan. Ishda Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, ilmiy adabiyotlar, jumladan, lugʻatlar, monografiyalar va dissertatsiyalar asosida frazeologizmlarning lingvistik tavsifi berilgan.