G'ovak-elastik tenglamalar sistemasi uchun bir o'lchovli to'g'ri va teskari masala
Ushbu dissertatsiya gʻovak-elastik tenglamalar sistemasini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda bir oʻlchovli toʻgʻri va teskari dinamik masalalar tahlil qilingan. Tadqiqotda SH toʻlqinlarining gʻovak-elastik muhitda tarqalishini teskarilanmaydigan yaqinlashishda tavsiflovchi matematik model yaratilgan. Gursa masalasining korrektligi Volterra integro-differensial tenglamasining korrektligi yordamida isbotlangan. Tadqiqot natijasida gʻovak-elastik muhitning bir oʻlchovli teskari dinamik masalalarini yechish uchun rekurrent formulalar va regulyarizatsiyalangan algoritmlar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, erkin sirt nuqtalarining tebranishlari haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlardan foydalanib, gʻovak-elastiklik tenglamalarining boʻlakli-silliq siljish koeffitsiyentini aniqlash masalasining korrektligi isbotlangan va koʻndalang toʻlqinlar uchun gʻovak-elastiklikning integral shartli teskari dinamik masalalarining mavjudlik va yagonalik teoremalari funksional tahlil usullaridan foydalanib isbotlangan.