Gidrogazodinamika
Ushbu kitob "Gidrogazodinamika" fani bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti uchun tayyorlangan o'quv qo'llanmasidir. Kitobda gidrostatika va gidrodinamikaning asosiy nazariy qonunlari, masalalarni yechish misollari bilan keng tushuntirilgan. Ushbu qo'llanma ayniqsa 5310200-Elektrenergetikasi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, gidromexanika kursini o'rganish jarayonida zarur bo'lgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Unda suyuqliklarning fizik hossalari, gidrostatik bosim, bosim epyuralari, suyuqlikning egri chiziqli yuzaga bosimi, Arximed qonuni, gidrodinamikaning asosiy tenglamalari, suyuqlik oqim tartiblari va gidravlik qarshiliklar, bosimli truba-o'tkazgichlarda suyuqlik harakati, tirqish va nasadkalardan suyuqlikni oqib chiqishi, truba-o'tkazgichlarda gidravlik zarba kabi muhim mavzular o'rin olgan.