Gruntshunoslik
Ushbu darslik «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda insonning geologik faoliyati va gruntshunoslikning rivojlanishi, gruntlarning qattiq komponentlari va uning elementlari o'lchami, morfologik xususiyati va miqdoriy nisbati, suyuq komponentlari, tabiiy namligi va ularning xossalariga ta'siri, gazli va tirik komponentlari, fizik-kimyoviy-mexanik xossalari, mustahkamligi, tasnifi, qoya-tog', dispers, gilli va changli gruntlar, sho'rlangan va sun'iy gruntlar, grunt massivi kabilar yoritilgan. Darslikdan qurilish sohasiga tegishli tashkilot xodimlari, oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va muhandislari qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.