Imitatsion paradigma asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash texnologiyalari
Ushbu kitobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi muhim hujjatlar asosida ta'lim jarayonida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash borasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotda imitatsion paradigma asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlashning didaktik modeli va metodik tizimi takomillashtirilgan. Tajriba-sinov ishlari natijasida taklif etilgan metodika samaradorligi matematik-statistik jihatdan isbotlangan va uning amaliyotga tatbiq etilishi bo'yicha tavsiyalar berilgan.