🔍

Matematik mantiq

Ushbu kitob "Matematik mantiq" fanidan tayyorlangan bo'lib, talabalarga mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, mulohazalar algebrasi, kombinatorika, graflar nazariyasi va ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalarini o'rgatishga qaratilgan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotlar, nazorat savollari va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Kitobning asosiy maqsadi talabalarda diskret matematika va matematik mantiq asoslarini berish, olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo'llay bilishga o'rgatishdan va oqibat natijada ularni abstrakt fikrlash madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'tarishdan iborat.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Matematik analizdan

Ushbu maqola MatLAB va Simulink dasturlarini qo'llagan holda dinamik tizimlarni modellashtirish va vizual dasturlash usullariga bag'ishlangan. UndaMatLABning vizual modellashtirish vositalari, Simulink ilovasi, uning bloklari va dasturlash usullari, shuningdek, turli xil ilovalar (Aerospace Blockset, DSP Blockset, SimPowerSystems va boshqalar) va ularning qo'llanilishi tahlil qilingan. Maqolada algebraik tenglamalar tizimini differensial tenglamalar tizimiga ekvivalent ravishda modellashtirish va natijalarni vizualizatsiya qilish misollari keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Matematika

Ushbu kitob Oliy ta'lim muassasalarining "Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda keltirilgan mavzular oliy o'quv yurtining transport va er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi mutaxassisliklari uchun matematik fanlarning amaldagi dasturiga to'la mos keladi. Kitobda 17 ta ma'ruzadan iborat bo'lib, asosan oliy matematikaning qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, transport masalalari va ularning matematik modeli, matematik fizika tenglamalari, ehtimollar nazariyasi elementlari haqidagi mavzularni o'z ichiga oladi. Har bir mavzuga oid tayanch so'z va iboralar, mavzuni mustahkamlash uchun savollar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.9%

Matematika

Ushbu kitob umumta’lim maktablarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligi sohasi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda matematika fanining asosiy tushunchalari, determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasi, to‘g‘ri chiziq, ikkinchi tartibli egri chiziqlar, funksiya va uning limiti, uzluksizligi, hosilasi va differensiali, aniqmas va aniq integrallar, xosmas integrallar, ratsional va irratsional funksiyalarning integrallari, trigonometrik va giperbolik funksiyalar, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari, model va modellashtirish hamda ularning turlari haqida ma’lumotlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.9%

Matematika

Kitob O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg'ona filiali tomonidan tayyorlangan "MATEMATIKA 1" fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatmadir. Uslubiy ko'rsatma matematika fanining dolzarb va asosiy qismlarini o'z ichiga oladi. Xususan, kitobda determinantlar, matrisalar, chiziqli algebraik tenglamalar sistemalari, vektorlar, vektor ko'paytmalari, tekislik va to'g'ri chiziqlar, funksiyalar va ularning limitlari kabi muhim mavzular qamrab olingan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.9%