Harakat tenglamalari parametrik ko’rinishda berilgan moddiy nuqta harakatini tadqiq etishda maple dasturidan foydalanish
Ushbu malakaviy bitiruv ishi nuqta va mexanik sistemalar harakatini parametrik ko'rinishda berilgan holda o'rganishga bag'ishlangan. Ishda nazariy mexanikaning kinematika kursida olingan bilimlar Maple dasturida qo'llaniladi. Nuqtaning harakat tenglamalari parametrik ko'rinishda berilganda uning trayektoriyasi, tezligi, tezlanishi va boshqa kinematik xarakteristikalari aniqlanadi. Dastur yordamida nuqtaning harakati animatsiya qilinadi. Bitiruv ishida nuqta kinematikasining asosiy tushunchalari, harakat berilish usullari, harakat turlarining asosiy xususiyatlari batafsil yoritilgan.