Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida jinoyat ishlarini yuritish tartibini bosqichma-bosqich raqamlashtirish masalalari
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Oʻzbekistonda jinoyat ishlarini yuritishning dastlabki va surishtiruv bosqichlarida bosqichma-bosqich raqamlashtirish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda jinoyat protsessida raqamlashtirishning dolzarbligi, uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy mexanizmlari, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi o'rganilgan. Mavjud muammolarni bartaraf etish va sohani takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar, jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qonun loyihalari hamda huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar o'rin olgan.