So’g’diyona o’zbek xalq cholg’ulari kamer orkestri faoliyati va ijro repertuariga bir nazar
Ushbu kitob "So'g'diyona" o'zbek xalq cholg'ulari kamer orkestrining tashkil topishi, faoliyati, ijodiy hamkorligi, repertuari va erishgan yutuqlariga bag'ishlangan. Kitobda orkestrning O'zbekiston madaniyatiga qo'shgan hissasi, kompozitorlar bilan hamkorligi, shuningdek, orkestr sozandalari va ularning ijodiy faoliyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda orkestrning konsert dasturlari tahlili va orkestr haqidagi turli materiallar, diplom va sertifikatlari ham o'rin olgan.