Muhandislik geodeziyasi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti «Avtomobil yo’llari va aerodromlar» kafedrasi tomonidan tayyorlangan MUHANDISLIK GEODEZIYASI fanidan tayyorlangan O‘QUV -USLUBIY MAJMUA hisoblanadi. Unda Muhandislik geodeziyasi fanini o’qitishdan maqsad, fanning vazifasi, fanining qisqacha tavsifi, fanning nazariy materiallari, tajriba mashg’ulotlari, keyslar banki, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy va adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Shuningdek, kitobda geodeziyaning asosiy tushunchalari, o’lchash usullari, asboblari, nazorat va baholash tizimlari, hamda turli usullar asosida ob’ektlarning aniqligi, qabul qilinishi kabi ma’lumotlar berilgan. Avtomobil yo’llari va suv o’tkazuvchi inshootlar ekspluatatsiyasi va ta’mirlashlardagi geodezik ishlar, aerodromlarda geodezik ishlar, ularning umumiy ko’rinishi va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, GEODEZIYA fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va GIS tizimlarining qo’llanilishi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.