Topinamburni ishlab chiqarish sharoitida uning sifatini agroekologik saqlash texnologiyasini yaratish
Ushbu dissertatsiya ishida topinambur o'simligining biologik xususiyatlari, hosildorligi va O'zbekiston sharoitida uni yetishtirish agrotexnologiyasi, tugunaklarini saqlash usullari, hamda undan turli sanoat yo'nalishlarida foydalanish masalalari atroflicha o'rganilgan. Jumladan, topinamburdan inulin, pektin, etil spirti olish usullari, kimyoviy tarkibi tahlil etilgan. Shuningdek, "Fayz-baraka" va "Mo'jiza" navlarining ekish sxemalari va tup qalinligining hosildorlikka ta'siri tadqiq qilingan va ularning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan. Topinambur tugunaklarini uy sharoitida va sanoatda saqlash va qayta ishlash texnologiyalari ham yoritilgan.