Tritikale (triticosecale) navlarini qurgʻoqchilikka chidamliligining fiziologik asoslari
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda himoya qilingan bo'lib, unda tritikale oʻsimligining turli navlarining qurg'oqchilikka chidamliligining fiziologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ushbu o'simlikning urug'lik xususiyatlari, suv almashinuvi, fotosintez faoliyati, mahsuldorligi va hosildorligi kabi muhim ko'rsatkichlar Samarqand viloyati sharoitida o'rganilgan. Qurg'oqchilikka chidamli va yuqori hosil beradigan navlarni aniqlash hamda ularni amaliyotga joriy qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.