Tuzlar tizimining grafik taxlili
Ushbu kitob «Tuzlar tizimining grafik tahlili» fanidan tayyorlangan bo'lib, magistrlarga kimyoviy tizimlarning eruvchanlik diagrammalarini o'rganish, ulardan foydalanib hisob-kitoblar olib borish va texnologik jarayonlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda binar, uch va to'rt komponentli tuzlar tizimining fazoviy diagrammalari, ularning o'zgarish qonuniyatlari, hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Fizik-kimyoviy tahlilning nazariy asoslari, jumladan, fazalar qoidasi, erkinlik darajasi, Gibbs qoidasi, termodinamik omillar, izotermik va politermik diagrammalar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlari uchun kerakli ma'lumotlar va nazorat savollari ham keltirilgan.