Benzimidazol asosida ba’zi kamyob yer elementlarning aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi va tuzilish xususiyatlarini aniqlash
Ushbu dissertatsiya ishi benzimidazol asosida ba'zi kamyob yer elementlarining aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintez qilish va ularning tuzilish xususiyatlarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotda La(III), Ce(III), Nd(III), Sm(III) va Ho(III) kabi kamyob yer elementlarining 2-amino-1-metilbenzimidazol (MAB) va 2-(fenilmetil)-1H-benzimidazol (FAB) bilan hosil qilgan 39 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan. Ularning tarkibi va tuzilishi elementar analiz, rentgenfazaviy (XRD), rentgenoflyuoressent (XRF), differensial-termik analiz (TG, DTA, DSC), rentgen strukturaviy tahlillar (RST), SEM-EDX, IQ-, Raman- va flyuoressent spektroskopiya usullari yordamida oʻrganilgan. Shuningdek, kvant-kimyoviy hisoblashlar yordamida ligandlar va olingan kompleks birikmalarning elektron tuzilishi, energetik va geometrik parametrlari, atomlardagi zaryadlar taqsimoti, geometriyasi va reaksion qobiliyati aniqlangan. Tadqiqotda shuningdek, optik qobiliyatga ega boʻlgan kompleks birikmalarining lyuminessent xususiyatlari ham oʻrganilgan va ularni aniqlash usullari ishlab chiqilgan.