O'zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda mamlakatning qadimiy davrlaridan bugungi kungacha bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining rivojlanishi, davlatchilikning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari chuqur yoritilgan. Kitobda O'zbekiston tarixini o'rganishda foydalaniladigan manbalar, jumladan, moddiy va yozma manbalarning o'rni va ahamiyati hamda tarix fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o'rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy g'oyaning shakllanishida tarix fanining o'rni, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g'oyalar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ma'naviy-madaniy taraqqiyot va O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi kabi masalalar ham diqqat markaziga qo'yilgan. Kitobda O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li, huquqiy-demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi kabi muhim masalalar ham o'z ifodasini topgan.