Шарбат иккиламчи хом ашёсидан олинган кукунни миллий қандолат ва ҳамирли таомларда қўллаш технологиясини яратиш
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, chiqindisiz texnologiyalarni yaratish, mahalliy xom ashyolardan oqilona foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlashda hosil bo'ladigan ikkilamchi xom ashyolardan oziq-ovqatga yaroqli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari yoritilgan. Kitobda sharbat ishlab chiqarishdagi ikkilamchi xomashyolardan olingan kukunning milliy qandolat mahsulotlari va xamirli taomlarda qo‘llash texnologiyasini yaratish, ozuqaviy va biologik qiymatini oshirish masalalari ko'rib chiqilgan.