Amaliy enzimologiya
Ushbu kitob "Amaliy Enzimologiya" fanidan o'quv-uslubiy majmua bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi va Qishloq Xo'jaligi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tayyorlangan. Majmua Amaliy Enzimologiyaning asosiy tushunchalari, fermentlarning tuzilishi, tasnifi, ularning xossalari, ta'sir mexanizmlari, kinetikasi, faolligiga ta'sir etuvchi omillar, hamda ulardan sanoatda foydalanish usullari, jumladan, ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalardagi qo'llanilishini o'z ichiga oladi. Kitobda o'simlik xomashyosini biokonversiyalash, fermentlarni immobilizatsiyalash va ularning qo'llanilishi kabi mavzular ham yoritilgan.