2×2 operatorli matritsalar uchun spektral munosabatlar
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "2×2 operatorli matritsalar uchun spektral munosabatlar" deb nomlanadi. Ishda 2×2 operatorli matritsalarning aniqlanishi, spektri, asosiy tushunchalari, chegaralangan va chegaralanmagan operatorlar uchun spektral munosabatlar batafsil yoritilgan. Boshlang'ich tushunchalar, xususan, Banax va Gilbert fazolari, operatorli matritsalar, sonli va kvadratik sonli tasvirlar, shuningdek, ular bilan bog'liq tushunchalar hamda misollar keltirilgan. Ishning asosiy maqsadi 2×2 operatorli matritsalarning chegaralangan yoki chegaralanmagan holari uchun spektral munosabatlarni o'rganish hisoblanadi.