Oliy matematika,ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Ushbu uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, Toshken Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filiali Tabiiy va Umumkasbiy Fanlar Kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Ko'rsatma Oliy matematika, Extimollar nazariyasi va Matematik statistika fanlaridan masalalar yechishga bag'ishlangan. Kitobda klassik va statistik ehtimollar, geometrik ehtimollar, ehtimollarni qo'shish va ko'paytirish teoremalari, Bernulli formulasi, Muavr-Laplas teoremalari, tasodifiy miqdorlar, ularning matematik kutilishlari, dispersiyalari, o'rtacha kvadratik chetlanishlari va katta sonlar qonunlari, shuningdek, matematik statistika elementlari, taqsimot parametrlari, statistik baholar, empirik taqsimot funksiyasi, poligon va gistogramma, korrelatsion va regressiya tahlillari kabi mavzular yoritilgan. Bundan tashqari, ko'plab misol va masalalar hamda ularning yechimlari keltirilgan bo'lib, talabalarga mustaqil o'rganishlari uchun qulaylik yaratadi.