“G.thurberi Tod. ва G.raimondii Ulbr. амфидиплоиди асосида Қорақалпоғистон Республикаси шароитида етиштиришга мос, тезпишар ғўза навини яратиш
Ushbu tadqiqot ishi paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari sohasida olib borilgan ilmiy-amaliy izlanishlar natijasidir. Tadqiqotning asosiy maqsadi Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida yetishtirishga mos, tezpishar, hosildor hamda yuqori tolali g'o'za navini yaratishdan iborat. Tadqiqotda G.thurberi Tod. va G.raimondii Ulbr. turkumidan olingan yangi S-7315 g'o'za navining yaratilishi, uning xo'jalik va texnologik belgilari, kasalliklarga chidamliligi hamda boshqa muhim xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Natijada, mazkur nav Qoraqalpog'istonning tuproq-iqlim sharoitlariga mosligi, iqtisodiy samaradorligi isbotlangan.