Pomidordan quyultirilgan sharbat ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
Ushbu kitob pomidor yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalariga bag'ishlangan. Unda pomidorning biologik xususiyatlari, navlari, agrotexnikasi, o'g'itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash usullari, hosilni yig'ishtirish va saqlash kabi masalalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda pomidordan turli xil mahsulotlar, jumladan, quyultirilgan sharbat ishlab chiqarish texnologiyasi ham keltirilgan. Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligi ham hisoblab chiqilgan.