Qutadg'u bilig
«Qutadgʻu bilig» asari – XI asrda Yusuf Xos Hojib tomonidan yozilgan turkiy adabiyotning nodir durdonasi. Asarda ideal hukmdor qanday boʻlishi, jamiyatni adolat va donolik bilan boshqarish, insonning axloqiy fazilatlari, bilim olish, maʼnaviy kamolotga intilish kabi muhim masalalar koʻtarilgan. Kitobda adolat, donolik, baxt-saodat kabi tushunchalar timsollari orqali davlat boshqaruvining asosiy tamoyillari ifodalangan.