Rafinatsiyalangan o`simlik moyini uzoq muddat saqlanishda hosil bo`ladigan peroksid miqdorini kamaytirish smarador texnologiyasi
Ushbu maqolada rafinatsiyalangan paxta moyini uzoq muddat saqlanish davomida sifatini yo'qotmasdan, ya'ni peroksid sonini kamaytirish texnologiyalari tadqiq qilingan. Tadqiqot davomida paxta moyiga tokoferol (E vitamini), qovoq yog'i va zig'ir yog'i kabi qo'shimchalar qo'shib, ularning moyning saqlanish muddatidagi o'zgarishlarga ta'siri o'rganilgan. Tajribalar natijasida paxta moyiga 0,08% tokoferol yoki 0,10% zig'ir yog'i qo'shilganda peroksid sonining sezilarli kamayganligi va moy sifatining yaxshi saqlanganligi aniqlangan. Ushbu tadqiqot oziq-ovqat sanoatida moylarning saqlash muddatini uzaytirish va sifatini yaxshilash bo'yicha muhim ma'lumotlar beradi.