Andragogika
Ushbu kitob andragogika, ya'ni kattalarga ta'lim berish nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan. U o'quv qo'llanma sifatida oliy o'quv yurtlarining pedagogika mutaxassisligi magistratura bosqichi uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada andragogikaning nazariy asoslari, rivojlanish tarixi, uzluksiz ta'lim tizimida tutgan o'rni, kasbiy rivojlanishdagi roli, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ta'limi, nogironlar ta'limi, masofali ta'lim texnologiyalari, xalq universitetlari, ayollar ta'limi, texnologik shakllari va kitobxonlar ta'limi kabi masalalar yoritilgan.