Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslari (o‘zbek-ingliz tillari misolida)
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida roʻyxatga olingan. Dissertatsiya maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bajarilgan. Ushbu dissertatsiya avtoreferati oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan. Unda maktabgacha yoshdagi bolalarda bilingval kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda lingvopsixologik, lingvodidaktik jihatlari, ta'lim metodikasi, o'quv-uslubiy ta'minoti va amaliy natijalar atroflicha o'rganilgan. Tajriba-sinov ishlari Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazilgan. Tadqiqot natijalari bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kitobda oʻzbek va ingliz tillarini oʻrgatish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda innovatsion metodlar taklif etilgan.