Mexatronika asoslari
Ushbu o'quv qo'llanmasi "Mexatronika asoslari" fanining o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan bo'lib, unda zamonaviy mexatronika va robototexnika tizimlarining tuzilishi, ishlash tamoyillari, qo'llanilish sohalari hamda ularning rivojlanish yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berilgan. Qo'llanmada mexatronik tizimlarning asosiy tushunchalari, modullari, elementlari, sanoat robotlarining turlari, ularning kinematiyasi, boshqarish tizimlari, axborot tizimlari, sensorlar, avtomatika va boshqaruv tizimlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kitobda ilmiy-texnik taraqqiyotning oxirgi yutuqlari, zamonaviy jahon tajribalari, innovatsion texnologiyalar va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish masalalari ham o'rin olgan. Qo'llanma talabalarga mexatronika va robototexnika sohasida chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradi.