Involyutsiya xossasiga va maxsus potensialga ega bo’lgan giperbolik tenglama uchun aralash masala
Magistrlik dissertatsiyasi involyutsiya xossasiga ega bo'lgan differentsial tenglamalarga bag'ishlangan. Unda dastlab involyutsiya tushunchasi, kasr chiziqli akslantirishlar uchun involyutsiya hosil bo'lishining yetarli shartlari bayon etilgan. Shuningdek, yuqori tartibli Eyler tenglamalariga keltirish usullari misollar bilan ko'rsatilgan. Dissertatsiyada involyutsiya xossasiga ega bo'lgan differentsial tenglamalarning sodda hollarini o'rganish va xususiyatlari tahlil qilingan. Involyutsiya xossasiga ega bo'lgan differensial tenglamalar haqidagi birinchi ish va boshqa tegishli maqolalar muhokama qilingan.